Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, hududdagi moddiy madaniy meros obyekti — Hayrobod Eshon ziyoratgohining saqlanish va muhofaza qilinish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ziyoratgoh hududining umumiy holati, obodonlashtirilishi hamda madaniy meros obyektini asrash bo‘yicha mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan holatlar madaniy meros obyektining saqlanishi, hududning obodonlashtirilishi va undan belgilangan tartibda foydalanilishini ta’minlash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.

Hududda tahoratxona sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan bino qurilishi boshlangan, biroq qurilish ishlari yakunlanmasdan, bino bir necha yildan buyon tugallanmagan holatda qolib ketgani aniqlandi. Mazkur binoning nima sababdan uzoq vaqt davomida foydalanishga topshirilmagani bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni o‘rganish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida hududda daraxtlarning kesilishi ortidan qolgan shox-shabbalar, shuningdek, qurib qolgan daraxtlarning kesib olinmagan yirik va mayda shoxlari mavjudligi va bu holat xavf tug'dirishi aniqlandi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni tartibga keltirish hamda Hayrobod Eshon ziyoratgohining muhofazasi va saqlanishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 5