Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

 DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “14-Xonobod” saylov okrugidan
saylangan deputati M.Axmadaliyeva Pastki Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida
saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.
 

Xususan, deputat tomonidan 2026-yilning uchinchi choragida saylov okrugi
hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash,
ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish
borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
 

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish
ishlari, ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar hamda aholi turmush sharoitini
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berilib,
saylovchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
 

Uchrashuv
davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarning
holatini yaxshilash, elektr ta’minoti va boshqa masalalar yuzasidan taklif
hamda murojaatlar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda qayd
etilib, ularning yechimi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish va ijrosini
deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.
  

Slide 1 of 3