Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Suvdan maxsus foydalanish tartibi deputatlar tomonidan o‘rganiladi

🏛 Suvdan maxsus foydalanish tartibi deputatlar tomonidan o‘rganiladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish tartibining amaldagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari tashkil etilmoqda.

📋 O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan:
🔹 suvdan maxsus foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati;
🔹 tegishli ruxsatnomalarning mavjudligi va qonuniyligi;
🔹 ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qilish tartibiga rioya etilishi;
🔹 ariza va hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari;
🔹 ruxsatnoma berish yoki rad etish asoslarining qonuniyligi;
🔹 fuqarolar va tadbirkorlardan ortiqcha hujjat talab qilinmasligi;
🔹 suv resurslaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari;
🔹 davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganiladi.

📌 Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar, ijro muddatlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy choralar belgilanib, deputatlik nazorati tartibida ularning ijrosi kuzatib boriladi.

Mazkur o‘rganishlar aholining suv resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanishini ta’minlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan.                                                                                                                                           

Slide 1 of 1