Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
📌 DEPUTATLAR MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanovlar ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI
Tadbir davomida “Yakkatut” MFY mahalla yettiligi a’zolarining amalga oshirgan ishlari, faoliyat natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan axborotlari eshitildi.

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputatlar A.Oripov va X.Tavasharovlar saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 9