Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov tomonidan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 1-“Arslonboyli” saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Xoshimovning saylov okrugiga qarashli “Arslonboyli” mahallasida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan 24 ta tavsiyaning 11-yo‘nalishi — “Kuz-qish mavsumida isitish tizimi” ijrosi yuzasidan 18-sonli umumta’lim maktabida nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud isitish tizimlarining texnik holati, ularning mavsum davomida uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sanitariya-gigiena va qulay sharoitlarni yaratish, isitish tizimi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarning oldini olish hamda mavsumni belgilangan talablar asosida o‘tkazish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

O‘rganish natijasida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud isitish tizimlarini mavsumga to‘liq shay holatga keltirish hamda kuz-qish davrida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi va mas’ullarga tavsiyalar berildi.

E’tibor — ta’lim muassasalarida qulay sharoit, barqaror isitish va o‘quvchilar xavfsizligiga.

Slide 1 of 2