Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tumanning “Navro‘z” mahallasida chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida chiqindilarni tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi “Rahnamo Servis” MChJ faoliyati, mavjud maxsus avtotransport vositalari hamda ulardan foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi. Xususan, korxona tasarrufidagi maxsus transport vositalarining texnik holati, ularning chiqindilarni belgilangan hududlardan o‘z vaqtida olib chiqib ketish jarayonidagi ishtiroki ko‘zdan kechirildi.

🟢Shuningdek, deputat tomonidan chiqindilarni olib chiqib ketish jarayoni bevosita joyiga chiqqan holda kuzatildi. Chiqindilarni maxsus transport vositalariga yuklash, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tashish va hududlarni sanitar tozaligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida chiqindilarni olib chiqib ketishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, maxsus avtotransport vositalarining texnik holatini doimiy nazorat qilish, nosoz transport vositalarini o‘z vaqtida ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2