Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xatamboyevich tomonidan saylovchilar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish natijasida tegishli mutasaddilarga deputat so‘rovi yuborildi.
🔵 Deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek, saylov okrugidagi nuroniylar va faollar bilan suhbatlar davomida Xurriyat mahalla fuqarolar yig‘ini So‘qoq shox ko‘chasida, Kungay jome masjidi yonidagi chorrahada avtomobillar va piyodalar harakatini tartibga solish masalasi o‘rganildi.
🔵 Mazkur chorrahada transport vositalari harakati va piyodalar qatnovining serqatnovligi, yo‘lni kesib o‘tuvchi piyodalar soni hamda chorrahadagi harakatni tartibga solish zarurati inobatga olinib, svetofor o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
⚠️ Svetoforning o‘rnatilishi:
🔹 avtomobillar harakatini tartibga solish;
🔹 piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishini ta’minlash;
🔹 yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirish;
🔹 chorrahadagi transport oqimini tartibli tashkil etish;
🔹 mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar va keksalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔵 Shu munosabat bilan deputat Xojiboyev Jalol Xatamboyevich tomonidan Parkent tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari F. Axmadxonovga deputat so‘rovi yuborilib, mazkur masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda uning ijobiy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
🔵 Shuningdek, ko‘rilgan choralar va masalaning yechimi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
🔵 Aholi xavfsizligi, qulay va tartibli yo‘l harakatini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
➡️ Saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2