Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Yoyilma mahallasida ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti yaxshilandi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning munosib yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda ularning muammolarini manzilli hal etish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.

Marg‘ilon shahar Yoyilma mahallasi Asilobod ko‘chasi, 205-uyda yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro R.Otaqulovaga uy-joyini ta’mirlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–49-son qarori asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli qaroriga muvofiq amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur yordam doirasida fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu esa ijtimoiy ko‘makning faqat moddiy yordam bilan cheklanib qolmasdan, fuqarolarning kundalik hayotida zarur bo‘lgan muammolarni bevosita joyida hal etishga yo‘naltirilayotganini ko‘rsatadi.

Ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari I.Otajonov hamrohligida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘rsatilgan yordamning maqsadli yo‘naltirilgani, bajarilgan ta’mirlash ishlarining holati hamda fuqaroning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Deputatlik nazorati davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligi, manzilliligi va amaliy natijadorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday o‘rganishlar fuqarolar muammolarini joyida aniqlash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish va ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6