Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#162_ta_qonun #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakillari hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va ularning ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son)ning mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishning belgilangan tartibi hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy hal etishning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Yoqubov Ibroxim Allanazarovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov, shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning mazmuni va dolzarbligi tahlil qilinib, mavjud muammolarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash va ularning ijrosini nazoratga olish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5