Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Namangan shahar 3-son texnikumining kelgusidagi faoliyat rejalari muhokama qilindi

Namangan shahar 3-son texnikumining kelgusidagi faoliyat rejalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar 3-son texnikumi rahbari Bo‘ronova Moxidil Xusanboy qizi bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida texnikumning kelgusidagi faoliyat rejalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelgusida bandligini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar hamda Kengashning
162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida tashkil etilib, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-637-son, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-406-son va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son talablaridan kelib chiqib, tegishli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Suhbat yakunida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda o‘quvchi-yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor ishlar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 6