Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
“Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

“Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev, Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va
M. Abdulmajidov tomonidan “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi mavjud imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur faoliyat mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 talik tavsiyalaridagi aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yo‘nalishlar asosida tashkil etildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining bandligini ta’minlash masalalari amaliy jihatdan o‘rganilishi belgilangan vazifalar qatoriga kiradi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan tadbirkorlik faoliyati, aholi bandligi va fuqarolarning mehnat huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari talablari ham e’tiborga olindi.

Yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.
 

Slide 1 of 2