Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

#deputat_okrugida #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil #162_ta_Qonun_ijrosi

«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U. Yangiboyev o‘z saylov okrugidagi «Xomkon» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda «Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya»ning 9-yo‘nalishi — aholining bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla tibbiyot punktida bepul berilishi belgilangan dori-darmonlarning mavjudligi, ularning tegishli tartibda saqlanishi hamda bemorlarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashilib, dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyoj, bemorlarni ta’minlash jarayoni va mavjud masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-265-I-son, 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonun ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan savolnoma asosida ham tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. Savolnoma asosida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, mavjud holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan bemorlarni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mavjud ehtiyojlarni o‘rganish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6