Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #murojaatlar_daftari

«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 14-Qishloqozon saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan deputatning saylov okrugidagi «Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallaga turli masalalar yuzasidan tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputatning Murojaatlar daftariga qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘naltirish, amaliy choralar ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5