Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tumanning o‘ziga xos ramzlaridan biri bo‘lgan “Uchquduq” ramziy maydoni hamda afsonaviy uchta quduq stellasi hududida olib borilayotgan zamonaviy obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi.

🔺 Loyiha doirasida 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ hisobidan hududni kompleks ravishda qayta qurish va ta’mirlash, uning infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.

🌳 Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida hududning tashqi qiyofasi tubdan yangilanib, yanada obod va ko‘rkam maskanga aylanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, oilaviy hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

🏙 “Uchquduq” ramziy maydoni nafaqat tuman aholisi, balki hududga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun ham muhim maskanlardan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur hududni zamonaviylashtirish, obodonlashtirish va estetik jihatdan takomillashtirish ishlari alohida ahamiyat kasb etadi.

✨ Bugungi kunda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tumanning yanada chiroyli, shinam va zamonaviy qiyofa kasb etishiga xizmat qilmoqda.

🤝 Bunday bunyodkorlik ishlari, avvalo, inson qadri, aholi farovonligi va munosib dam olish sharoitlarini yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 3