Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#deputatlik_nazorati #Shifokor_MFY #obodonlashtirish #ko'chama-ko'cha #haftalik_ish_reja_ijrosi 🧹 Shifokor mahallasida chiqindi bilan bog‘liq holat o‘rganildi

Tozalik — faqat obodonlashtirish xodimlarining emas, barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli Shifokor mahallasida bo‘lib, deputatlik nazorati doirasida Shifokor mahallasida ko‘cha va hududlarning sanitariya-obodonlashtirish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududi ko‘chama-ko‘cha aylanib chiqilib, chiqindi to‘planadigan joylar, chiqindi qutilarining holati, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududning umumiy tozaligi ko‘zdan kechirildi.

Ayrim hududlarda chiqindilarni belgilangan joylarga tashlamaslik, chiqindi to‘planadigan nuqtalarning sanitariya holati hamda ularni muntazam tozalash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi tashlash madaniyatini oshirish hamda mahallada tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash emas, uning yechimini ta’minlashga qaratilgan.

🟢 Toza mahalla — sog‘lom muhit va farovon hayot garovi!

Slide 1 of 1