Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#DeputatlikNazorat #DeputatVaTashkilotHamkorligi #TermizShaharKengashi #DeputatFaoliyati #KotibiyatFaoliyati Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi amalda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ularning faoliyatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlab, joyida hal etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosi doirasida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan deputatlarga biriktirilgan shahar tashkilotlari ro‘yxati asosida Termiz shahar Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, statistik ma’lumotlarni shakllantirish va tahlil qilish jarayonlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid ma’lumotlarning yuritilishi hamda tashkilot oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkilot faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglanib, deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bunday hamkorlik deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashkilotlar faoliyatidagi mavjud masalalarni tizimli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3