Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish masalalari o‘rganildi

Budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati A. Erkinov tomonidan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining Yettinchi chaqiriq o‘ttiz beshinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Qo‘shko‘pir tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida hamda Qo‘shko‘pir tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1–3-choragida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar atroflicha tahlil qilindi.
Jumladan, mablag‘larni yo‘naltirishning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri, aholi uchun muhim bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga qaratilganligi hamda ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va manzilli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sessiyada ko‘rib chiqiladigan mazkur masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, mablag‘larning belgilangan maqsadlarga muvofiq sarflanishi va ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 1