Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Gulyamov hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mas’ullari ishtirok etib “Alisherobod” mahallasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda oilalarning ijtimoiy holati, daromad manbalari va turmush sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Muloqotlar davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglanib, ularni ishga joylashtirish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3