Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi

Oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga oilaviy munosabatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, muammoli vaziyatlarni chuqur o‘rganish va ularni bartaraf etishda mahalla faollari, mutasaddi tashkilotlar hamda tegishli mas’ullar bilan hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.

Suxbat yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash muhim vazifa ekani qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3