Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I. Razzakov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘rta Chirchiq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi.

Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala yuzasidan o‘z fikr va takliflari bildirildi. Mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda budjet mablag‘laridan foydalanishda qonuniylik va ochiqlik tamoyillariga rioya etish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarori ishlab chiqildi.
Mazkur qaror navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2