Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 18-O‘zbekiston saylov okrugi deputati L.Karimova, Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolova hamda Ekologik partiya Uchquduq tuman Kengashi raisi Sh.Sharipova bilan birgalikda tuman Kengashining tegishli qaroriga muvofiq Abay MFY hududida barpo etilayotgan bolalar maydonchasida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida bolalar maydonchasining qurilish jarayoni, hududning obodonlashtirilishi, o‘rnatilayotgan jihozlarning sifati va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, shuningdek, bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🛝Bolalar maydonchalari — farzandlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ochiq havoda faol harakat qilishi va sog‘lom ulg‘ayishi uchun muhim infratuzilma hisoblanadi. Shu bois bunday obyektlarni barpo etishda qurilish sifati, xavfsizlik va hududning ekologik holati muhim ahamiyat kasb etadi.

🌳Shuningdek, maydoncha atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝O‘rganish yakunlari bo‘yicha qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, hududni obodonlashtirish va bolalar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✨ Farzandlarimiz uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish — barchamizning ustuvor vazifamiz!

Slide 1 of 3