Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Kengash_faoliyati

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida yangi tashkil etilgan kutubxona faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish va mahallalarda ma’rifat maskanlarini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.T.Rajabov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Birdamlik" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, yangidan faoliyat boshlagan kutubxona sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida yangi maskanning kitob fondi tarkibi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kutubxona fondini zamonaviy nashrlar bilan boyitish, elektron katalog tizimini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1