Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Ko‘chadagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan “Qaymoqli guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘chalar holatini o‘rganish yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Turkiston ko‘chasidan “Qaymoqli guzar” mahallasiga kirish qismida elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida qazish ishlari amalga oshirilgani, biroq ta’mirlash ishlari yakunlanganiga qaramay, yo‘lning qazilgan qismi tegishli tartibda qayta ko‘milmagan va obodonlashtirilmagan holatda qolgani aniqlandi.

️Mazkur holat yo‘l harakati va piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkinligi sababli, qazilgan hududni belgilangan tartibda qayta tiklash va obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.

Masalani ijobiy hal etish, yo‘lning qazilgan qismini qayta tiklash hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, amalga oshiriladigan ishlarning holati o‘rganib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4