Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Ko‘chadagi holat va aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan “Qaymoqli guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini Muqimiy ko‘chasida mahalla raisi bilan birgalikda ko‘cha holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘chada yashovchi aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, hududdagi mavjud masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.

Shuningdek, suhbat davomida “Mahalla yettiligi”ning aholi bilan ishlash faoliyati, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda ularning ijrosini nazorat qilib borish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar deputat va mahalla raisi tomonidan tinglanib, ularni o‘rganish hamda amaldagi tartib asosida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli ishlarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1