Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nig‘matullayevich o‘z saylov okrugidagi Ko‘rkam mahallasiga tashrif buyurib, mahallada yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlarning bandlik holati, ularni ishga joylashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Yoshlar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolar, ularning taklif va ehtiyojlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4