Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
XONADONDA TANDIRNON ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILIB, OILA BANDLIGI TA’MINLANDI

XONADONDA TANDIRNON ISHLAB CHIQARISH YO‘LGA QO‘YILIB, OILA BANDLIGI TA’MINLANDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan avvalroq qo‘llab-quvvatlangan xonadonlardan birining bugungi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur xonadon egalariga avvalroq tandir olib berilgan bo‘lib, yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanish natijasida xonadonda uy noni yopib, sotish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada oila a’zolari uchun daromad manbai va bandlik imkoniyati yaratilgan.

O‘rganish davomida xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilib, faoliyatni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turini ko‘paytirish hamda oilaning daromadini yanada oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xonadon sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur amaliy natija aholini qo‘llab-quvvatlash, xonadonlarda daromad manbalarini yaratish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning amaliy ifodasidir.

Qonun taqsimoti: O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-328-son, 2012-yil 2-may talablari o‘rganildi.
 

Slide 1 of 9