Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
NUROBOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_ijrosi

NUROBOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan 16-Algoritm saylov okrugi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan Nurobod mahallasida aholiga qulay shart-sharoit yaratish, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🗂 Mazkur o‘rganish davomida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi III-29-42-14-202-K/26-sonli “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 395-son “Toshkent shahridagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun yanada qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

📈 Mahalladagi mavjud holatni o‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilma obyektlarining holati hamda “Obod mahalla” dasturi doirasida rejalashtirilgan vazifalar ko‘zdan kechirildi.

💼 Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni jadallashtirish, hududni obodonlashtirishni tizimli tashkil etish, belgilangan tadbirlarni sifatli amalga oshirish va aholiga qulay muhit yaratish yuzasidan mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilindi. O‘rganish davomida Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📈 Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Mazkur topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5