Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLAR ISHTIROKIDA MUHOKAMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhi tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan deputatlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalaning mazmun-mohiyati, uning amaldagi qonunchilik talablari asosidagi huquqiy jihatlari hamda hudud aholisi manfaatlari nuqtayi nazaridan muhim jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida deputatlar tomonidan masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, uning ijrosi, amaliy ahamiyati hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, masalani Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish jarayonida deputatlarning taklif va mulohazalarini inobatga olish, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli qaror qabul qilish bo‘yicha fikr almashildi.

🤝 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhi tomonidan deputatlik nazorati, qonuniylik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan masalalarni muhokama qilish va ilgari surish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3