Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Kengash_faoliyati

#Doimiy_komissiya
#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida “Saroy” mahallasi aholisiga O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bandixon tumanida fuqarolarning ko‘chmas mulk va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy e’tirof etishga qaratilgan O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tumanining “Saroy” mahallasi 4-sonli maktab binosida tashkil etilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Bandixon tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Yo‘ldoshev, Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda komissiya a’zosi O.Jumayevlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan O‘RQ-937-sonli Qonunning asosiy normalari, yer va binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish shartlari, murojaat qilish tartibi hamda bu borada yaratilgan qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berdilar.

Muloqot yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, yer va mulk masalalarini qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi.

Slide 1 of 5