Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoramozor” mahallasida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida maktabdagi mavjud qozonxonalar soz holatda bo‘lib, ularni kuz-qish mavsumi davomida foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, issiqlik tizimlari ham ishchi holatda bo‘lib, sovuq kunlarda ta’lim muassasasi xonalarini isitish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

🔵Mavsumni barqaror o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoqilg‘i ta’minoti masalasi ham ko‘zdan kechirildi. Maktabda ko‘mir zaxirasi yaratilgan bo‘lib, mavsum davomida isitish tizimlarini uzluksiz ishlatish uchun zarur yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.

🔵Shu bilan birga, ko‘mir zaxirasini saqlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mavjud ko‘mirlarni bostirmaga olib kirish, ularni yog‘ingarchilik va namlik ta’siridan himoyalangan holda saqlash bo‘yicha maktab mas’ullariga tegishli tavsiya berildi.

Slide 1 of 4