Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Huquqiy ma'lumot
#162_qonun
🚨 FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ!


O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-son “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📌 Qonunning asosiy maqsadi — tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda inson hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish.

🌪 Favqulodda vaziyatlar quyidagilar natijasida yuzaga kelishi mumkin:
zilzila, sel, suv toshqini, ko‘chki va boshqa tabiiy ofatlar;
yong‘in va portlashlar;
transport va sanoat avariyalari;
xavfli kimyoviy, radioaktiv yoki biologik moddalar tarqalishi;
bino va inshootlarning qulashi;
hayot faoliyatini ta’minlovchi kommunikatsiya tizimlaridagi avariyalar;
epidemiyalar va boshqa xavfli hodisalar.
🛡 Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari:
✅ qonuniylik;
✅ inson hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi;
✅ oshkoralik;
✅ axborotning o‘z vaqtida va ishonchli berilishi;
✅ muhofaza choralarining oldindan ko‘rilishi.

👨‍👩‍👧‍👦 Fuqarolarning huquqlari
Har bir fuqaro favqulodda vaziyat vaqtida o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki muhofaza qilinishiga, xavf-xatarlar haqida o‘z vaqtida axborot olishga, zarur hollarda muhofaza vositalaridan foydalanishga hamda qonunchilikda belgilangan kompensatsiya va imtiyozlardan foydalanishga haqli.

⚠️ Fuqarolarning majburiyatlari ham mavjud.

Har birimiz:
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishimiz;
favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini bilishimiz;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini egallashimiz;
xavfli holatlar va yong‘in, avariya kabi hodisalar alomatlarini tegishli organlarga xabar qilishimiz;
ogohlantirish signallari va muhofaza vositalaridan foydalanish tartibini bilishimiz;
zarur hollarda qutqaruv ishlariga ko‘maklashishimiz kerak.

📢 Eng muhimi — favqulodda vaziyatning oldini olish uning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra samaraliroqdir.

Shuning uchun aholini o‘qitish, muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazish, xavflarni oldindan aniqlash, tezkor xabardor qilish va evakuatsiya choralarini oldindan rejalashtirish katta ahamiyatga ega.

🤝 Xavfsizlik — faqat mas’ul tashkilotlarning emas, har bir fuqaroning mas’uliyatidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1