Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov “Bog‘ibod” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hamda hashar yo‘li bilan bunyod etilayotgan piyodalar yo‘lakchasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘lakchaning ayrim qismlarida yakunlangan ishlarning holati ham o‘rganildi.

🤝 Mazkur yo‘lakchaning barpo etilishi mahalla aholisi, xususan, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

💬 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda qolgan qismlardagi ishlarni yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, hududni obodonlashtirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5