Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida 05–09-oktabr kunlari amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
#haftalik_ishlar_muhokamasi
05–09-OKTABR KUNLARIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida 05–09-oktabr kunlari amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida, mutaxassis Z. Temirova ishtirokida tashkil etildi.

Unda hafta davomida amalga oshiriladigan ishlarni tizimli tashkil etish, deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni o‘rganish, 24 ta tavsiya ijrosini tahlil qilish hamda hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor 24 ta tavsiya asosida deputatlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlarni yanada tizimli tashkil etish va ularning amaliy natijadorligini oshirishga qaratildi. Hududlarda aniqlanayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolar manfaatlari bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, ularni tegishli tartibda tahlil qilish hamda yechimi bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni shakllantirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Shuningdek, qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida deputatlik faoliyatini tashkil etish, deputatlarga biriktirilgan huquqiy normalarni chuqur o‘rganish, ularda belgilangan vazifalarning hududdagi ijrosini tahlil qilish va o‘rganish natijalarini tegishli tartibda rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hafta davomida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi bo‘yicha o‘rganishlarni tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, saylov okruglarida aniqlangan masalalarni tizimli o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi va ekspert guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish, ularning hududdagi muhim masalalarni o‘rganishdagi ishtirokini kuchaytirish, yoshlar tashabbuslari, takliflari va muammolarini Kengash faoliyatiga tizimli ravishda olib kirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ekspert guruhlari tomonidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tahliliy va amaliy takliflar ishlab chiqish, qonunchilik hujjatlari hamda hududdagi mavjud holatni o‘zaro solishtirgan holda xulosalar tayyorlash va deputatlar faoliyatini zarur tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash vazifalari belgilandi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan o‘rganishlar, Yoshlar maslahat guruhi va ekspert guruhlari faoliyati natijalarini Kengashning rasmiy axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritish, aholiga deputatlik faoliyatining mazmuni va amaliy natijalarini yetkazish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida 24 ta tavsiya, qonunchilik hujjatlari, 19¹-modda talablari asosida belgilangan vazifalarni sifatli bajarish, Yoshlar maslahat guruhi va ekspert guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘rganishlar natijadorligini ta’minlash hamda ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash