Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tashabbusi bilan Hasanboy mahallasidagi Harbiy shaharcha hududida joylashgan ta’mirtalab elektr transformatori holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hudud aholisini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti xavfsizligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida ta’mirtalab holatdagi elektr transformatori zarur texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ta’mirlanib, zamonaviy holatga keltirildi.

Mazkur ishlar deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, kommunal xizmatlar, elektr ta’minoti, aholi murojaatlari, infratuzilma va fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu jarayon “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅ Hasanboy mahallasida aholining elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, mavjud kommunal muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3