Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda oilalarni barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash borasida hududlarda manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xususan, mahallalarda aholi bilan individual ishlash, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini o‘rganish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝Shu maqsadda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sh.Kattaxodjayev tomonidan mahallalarda xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, bandlik masalalari, oilalarning daromad manbalarini oshirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi.

🔺Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz hamda imkoniyatlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.