Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Mashad mahallasida ijtimoiy xizmatlar va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonova hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Mashad mahalla fuqarolar yig‘inida olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi aholining ijtimoiy holati, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 4 526 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududdagi 613 ta xonadonda jami 1 100 ta oila yashaydi. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash vazifalari ijtimoiy xodim Ibrohimov Rahmonali tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar va oilalar holati ham o‘rganilib, jami 122 ta oila reyestrda qayd etilgani aniqlandi. Shundan 40 ta oila davlat ta’minotidagi oilalar, 77 tasi kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan, 5 ta oila esa kambag‘allik chegarasida ekani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash samaradorligi, ularning mavjud muammolarini aniqlash va tegishli ijtimoiy ko‘mak choralarini ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4