Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
“Zuhro” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida hududlarda deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan 15-Zuhro saylov okrugi hududidagi “Zuhro” mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishi, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalladagi ijtimoiy reyestrga jami 128 ta oila kiritilgan. Shundan 39 tasi davlat ta’minotidagi, 77 tasi kambag‘al hamda 12 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

O‘rganish davomida reyestrga kiritilgan ayrim oilalarning ijtimoiy holati va yashash sharoitlari bevosita xonadonlarga borilgan holda ham o‘rganildi.

Jumladan, “Zuhro” MFY, Zuhro ko‘chasi, 29-16-uyda yolg‘iz yashovchi Mahmudova Zamira Soliyenaga ijtimoiy assistent biriktirilgani, fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani hamda bepul dori-darmon bilan ta’minlangani aniqlandi.

Shuningdek, Zuhro ko‘chasi, 33-7-uyda yashovchi Ismayilova Nargiza Sadikjanovnaning oilaviy sharoiti ham o‘rganildi. Ikki nafar farzand tarbiyalayotgan oilaning katta farzandi Muhammadova Nazokatxon bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida ijtimoiy reyestrga kiritilgan va oila davlat ta’minotida ekani ma’lum bo‘ldi.

Oiladagi ikkinchi farzand Boxodirov Muhammad Ayyubning bog‘cha to‘lovidan ozod etilgani, oila bolalar nafaqasini olayotgani qayd etildi. Shuningdek, oilaning mavjud ehtiyojidan kelib chiqib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat va kiyim-kechak xaridi uchun vaucher shakllantirib berilgan.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlarning aholiga yetib borishi, yordamlarning manzilliligi hamda ehtiyojmand oilalarning muammolarini joyida aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5