Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Fuqarolar murojaatlari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi

Fuqarolar murojaatlari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Yusupova Hilola Karimjanovna, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati Nargiza Muhammadieva, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari S. Gapparova, 

Sh. To‘raboyeva va B. Xalilov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilayotgan ijtimoiy va infratuzilmaviy masalalar, ularni joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, “Yangi obod” MFYdagi Murodilla Rahimov ko‘chasining 2-, 3- va 4-o‘tish yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha aholi tomonidan bildirilgan murojaat ham alohida ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan mavjud holatni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholining fikr va takliflarini tinglash hamda aniqlangan muammolardan kelib chiqib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga kelishib olindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlash masalalarida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari e’tiborga olindi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan har bir masalaga manzilli yondashish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3