Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Obi-Hayot mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Obi-Hayot mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari X. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov hamda Kengash Kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev ishtirokida Obi-Hayot MFY hududida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilib, ularni joyida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Sayyor qabul davomida aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli va manzilli yondashish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabullar aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5