Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Ichimlik suvi ta’minotidagi nosozlik joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik holatini “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqib o‘rgandi.

Muammoni joyida ko‘rish va mas’ullar bilan birgalikda uning yechimini belgilash orqali aholining ichimlik suvi bilan bog‘liq murojaatlariga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan nosozlikni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotini barqarorlashtirish hamda aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatni imkon qadar qisqa muddatda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va vazifalar belgilandi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli hududlardagi muammolarni faqat o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilmoqda.