Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Shahrimizda yangi xonadonlar bunyod etilmoqda

Shahrimizda yangi xonadonlar bunyod etilmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov shahar hududida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, Hamroh ko‘chasida “Istiqlol javohiri” XK tomonidan barpo etilayotgan 9 qavatli, 64 xonadonli, shuningdek, Boburshoh ko‘chasida “Progress Global Logistic” MChJ tomonidan qurilayotgan 7 qavatli, 36 xonadonli uy-joylar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, obyektlarning belgilangan rejaga muvofiq borishi, qurilish jarayonida amaldagi talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda ishlarni yakunlash muddatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shahrimizda zamonaviy, shinam, qulay va sifatli uy-joylar barpo etish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7