Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Olimova, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman Kengashi deputati X.Jo‘raxolov hamda viloyat Kengashi deputati A.Bababekov ishtirokida Boyovut tumani Olmazor mahallasida joylashgan 21-sonli “Bahor” madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida madaniyat markazi binosining moddiy-texnik holati, mavjud shart-sharoitlar hamda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Markaz binosida ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi, xususan, faollar zalidagi o‘rindiqlarning foydalanish uchun yaroqlilik holati, bino ichki qismlarining ayrim joylarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati borligi aniqlandi. Mazkur holatlar markaz faoliyatini yanada yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida binoni bosqichma-bosqich ta’mirlash zarurligini ko‘rsatmoqda.

Aniqlangan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Olimova tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Usmanov bilan telefon orqali bog‘lanib, madaniyat markazi binosini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot davomida 21-sonli “Bahor” madaniyat markazi binosini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani, kelgusi chorakda tegishli mablag‘lar ajratilishi hamda shundan so‘ng ta’mirlash ishlarini boshlash ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi markazda aholiga, ayniqsa, yoshlar va ijodkorlarga yanada qulay sharoit yaratish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni sifatli tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7