Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🔰Imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish – deputat nazoratida

🔰Imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish – deputat nazoratida

✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hojiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Tinchlik” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynayotgan masalalar hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, tegishli masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
✔️Shuningdek, aholiga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi. Kredit mablag‘larining belgilangan yo‘nalishlarda sarflanishi, tashkil etilgan faoliyatning samaradorligi hamda fuqarolarning bandligi va daromadlarini oshirishga ta’siri tahlil qilindi.
✔️O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanishni ta’minlash va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6