Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Xalq manfaati — e’tiborda: “Tinchlik” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Termiz shahrida aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, mahallalardagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Astanaqulova, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayevlar “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla ahli va faollari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida xonadonbay o‘rganishlar natijalari, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda amaliy yordam berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ichki yo‘llar, elektr va gaz ta’minoti, obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar yuzasidan bir qator ijtimoiy va moddiy masalalarga shu yerning o‘zida amaliy yechimlar topildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash kelishib olindi.

“Xalq dardi bilan yashash, har bir murojaatga e’tibor qaratish va muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.”

Slide 1 of 2