Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi M.Muhammedjanovning faoliyati, xususan, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.Usmonovaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisining ko‘magida tadbirkorga o‘z faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish maqsadida 20 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Shuningdek, tadbirkorga savdo faoliyatini tashkil etish jarayonida amaldagi tartib-taomillar, jumladan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘mak, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi haqida fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladigan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6