Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

"Payshanba – deputat kuni" doirasida Namangan shahrida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va tashabbuslariga befarq bo‘lmaslik hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4