Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan "Bo‘ston" mahallasida mahalla profilaktika (mahalla) inspektorining xizmat faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda mahallada tinch va osoyishta muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla "yettiligi" bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan hududlarda qonunchilik hujjatlari ijrosi, jamoat xavfsizligi va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3