Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
Namangan shahar Kengashida ZOOM orqali respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda

Namangan shahar Kengashida ZOOM orqali respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan tashkil etilgan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitilishini samarali tashkil etish” mavzusidagi respublika seminari videokonferensaloqa (ZOOM) orqali o‘tkazilmoqda.

Mazkur seminarda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, Kengash kotibiyati mudiri va xodimlari, shuningdek, Namangan shahar prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Namangan shahridagi vakillari ishtirok etmoqda.

Seminar davomida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti, sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini samarali tashkil etish, bu boradagi qonunchilik talablari hamda ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Mazkur seminar mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada takomillashtirish hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2