Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish doirasida Shimoliy Farg‘ona kanali boshqarmasi tasarrufidagi Namangan shahri hududidan o‘tuvchi kanallar atrofini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda suv obyektlari atrofida qulay va xavfsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kanallar bo‘yida obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarning sanitariya-tozaligini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida tashkil etish masalalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, mazkur masalalarni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha ko‘rib chiqish uchun tegishli xulosalar shakllantirildi.

Slide 1 of 3