Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

#deputat_faoliyati

Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q. Safarov tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tadbirkorning taklif va ehtiyojlari tinglanib, faoliyatini boshlashi uchun zarur tashkiliy va huquqiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3